Lavozim vazifalari:
a) sho’baning yillik rejasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o‘quv-tarbiya va ma’naviy-axloqiy ishlarning ta’lim muassasalarida bajarilishini ta’minlash;
b) ommaviy axborot vositalarida bo‘lim va uning tasarrufidagi ta’lim muassasalari faoliyatidagi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni targ‘ibot etish;
v) ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda xalq ta’limi tizimidagi ilmiy tadqiqot olib boruvchi tashkilotlarning imkoniyatlaridan foydalanish, pedagogika fani yutuqlarini va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;
g) voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha shug‘ullanish hamda o‘quvchilar orasida jinoyatchilik, alkogolizm, narkotik va psixotrop moddalarni iste’mol qilinishi, har xil diniy oqimlarga kirib ketishi kabi zararli odatlarni oldini olish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
d) 5 ta tashabbus ijrosini ta’minlash borasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, kitobxonlikni kuchaytirish yo‘nalishidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
e) umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki ta’tillarda dam olishlarini rejalashtirish va mazmunli o‘tkazilishini ta’minlash;
j) Barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ishlarni amalga oshirish;
z) ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishida tuman (shahar) miqyosida keng ko‘lamda turli xil tadbirlar (tarbiyaviy ishlar, seminar, suhbat, o‘quv, ko‘rik-tanlovlar)ni rejalashtirish va ularning o‘tkazilishini ta’minlash;
i) ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, sinf rahbari, yoshlar yetakchisi faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ish samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
k) tarbiyasi og‘ir bolalarni ta’lim muassasalariga jalb qilish ishlarini amalga oshirish;
l) o‘quvchilar orasida o‘zini-o‘zi boshqarish tuzilmalari faoliyatini tashkil etish, bu borada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar tashkilotining tuman (shahar) bo‘limlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borilishini ta’minlash;
m) tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom muhitni targ‘ib qilish, giyohvandlikni oldini olish profilaktikasi va ekologik ta’lim-tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
n) ta’lim muassasalarida tarbiya fanining o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy yordamlar ko‘rsatish;
o) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 131-moddasida belgilangan bayram kunlari, shuningdek, “Vatan himoyachilari kuni”, “So‘nggi qo‘ng‘iroq”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, “Bilimlar kuni” va shu kabi nishonlanadigan bayram sanalariga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etilishini ta’minlash;
p) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish