1992 yil, Buxoro viloyati
Ma’lumoti oliy. 2005 y. Buxoro Davlat universitetini tamomlagan
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: tarix
MEHNAT FAOLIYАTI
2015-2018 yy. Toshkent viloyati Moliya va iqtisodiyot kolleji tarix fani o‘qituvchisi
2018-2018 yy. Yunusobod tumanida 97-sonli umumta’lim maktabda tarix fani o‘qituvchisi
2019 y.-h.v. Toshkent shahar Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi metodisti
Lavozim vazifalari:
a) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) har bir o‘quv fanlarining o‘qitilishi bo‘yicha metod birlashmalar va metodik kengashlar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta’minlash;
b) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) har bir o‘quv fanlaridan o‘quvchilar bilimining davlat ta’lim standartlariga mosligi monitoringi natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini tashkil etish;
v) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy attestatsiya natijalarini o‘rganib tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash va uni ta’lim muassasalariga yetkazish;
g) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) o‘qituvchilarni o‘quv tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
d) o‘z metodistlik yo‘nalishi (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) metodik ishlarni muvofiqlashtirish, turli sinovlar natijalarini tahlil qilish, yangi o‘quv metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlash, yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazish;
e) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta’minlanishida yordam berish, ulardan foydalanishni tashkil etish;j) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga va sifatini oshirishga oid turli anjuman, ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quvlar ko‘rik-tanlovlar (eng yaxshi dars ishlanmasi, eng yaxshi fan xonasi va boshqalar), avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yig‘ilishlarni tashkillashtirish va o‘tkazilishini ta’minlash;
z) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) maktab va tuman (shahar) miqyosidagi bellashuvlarni o‘tkazish, uning natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
i) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari tajriba-sinovi ishlari bo‘yicha tajriba maydonlari faoliyatiga metodik yordam ko‘rsatish;
k) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) yosh mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
l) maktab o‘qituvchilari darslarini tahlil qilish va ularga metodik yordam ko‘rsatish;
m) tuman tayanch ta’lim muassasalari negizida metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) fanning o‘qitilish sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga oid seminar va konferensiyalar o‘tkazish, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
n) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini ta’minlash;
o) ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim berish sifatini oshirishni muvofiqlashtirib borish;
p) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.