Kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash — o‘qitish sifatiga qo‘yiladigan talablarni oshirishni va mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari bo‘yicha yangi kasb bilimlarini, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
Qayta tayyorlashning asosiy turlari:
Pedagogik qayta tayyorlash — mutaxassislarning bazaviy kasbiy maʼlumotini taʼlimning tegishli turi Davlat taʼlim standarti (Davlat talablari) bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlash;
Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — taʼlimning tegishli turi Davlat taʼlim standarti (Davlat talablari) bilan belgilanadigan o‘qitishning talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining ushbu telegram kanali orqali masofaviy qayta tayyorlov kurslari va o‘qish bilan bog‘liq to‘liq maʼlumotlarni olishingiz mumkin
Telegram kanali havolasi: https://t.me/XTV_Qayta_tayyorlash

05.08.2025 / 09:45.Toshkent shahar Yunusobod tumani 253-DMTT da " Dolzarb 90kun" doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat jarayonlaridan lavhalar

04.08.2025 / 08:04.Yunusobod tumanidagi 53-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlardan ota-onalar behad mamnun

31.07.2025 / 08:00.Yunusobod tumanidagi 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish oyligi” doirasida “Baxtli bolalik” mavzusida amaliy tadbiri bo’lib o’tdi