Xalq taʼlimi tizimida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi buyrug`i
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRINING BUYRUG'I
Xalq ta'limi tizimida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni va "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori, Vazirlar Mahkamasining "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularnİng malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida” 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarori hamda Xalq ta' limi vazirining "Xalq ta' limi tizimida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va o'quv me'yoriy hujjatlami ishlab chiqish samaradorligini oshirish to'g'risida” 2020-yil 30-dekardagi 338-son buyrug'iga muvofiq, xalq ta'limi muassasalarining pedagog xodimlarga bo'lgan ehtiyojni ta'minlash, kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash •jarayoni sifati hamda sohaga doir o'quv-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish samaradorligini yanada oshirish maqsadida bûyuraman:
l. Quyidagilar:
xalq ta'limi tizimida oliy ma'lumotli nopedagog kadrlami kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash yo'nalishlari l-ilovaga muvofıq; xalq ta'limi tizimida pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan qayta tayyorlash tayanch o'quv rejasi 2-ilovaga muvofiq; oliy ma'lumotli nopedagog kadrlami kasbiy-pedagogik qayta tayyorlash kurslarining takomillashtirilgan tayanch o' quv rejalari 3-ilovaga muvofiq; oliy ma'lumotli nopedagog kadrlami kasbiy-pedagogik qayta tayyorlash kurslarining namunaviy o'quv dasturlari 4-ilovaga muvofiq; pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan qayta tayyorlash kursi namunaviy o'quv dasturi 5-ilovaga muvofıq tasdiqlansin.
2. Xalq ta' limi vazirining "Xalq ta' limi tizimida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va o'quv me'yoriy hujjatlami ishlab chiqish samaradorligini oshirish to'g'risida” 2020-yil 30-dekardagi 338-son buyrug'i 4-ilovasi "Xalq ta' limi tizimida oliy ma'lumotli nopedagog kadrlarni pedagogik qayta tayyorlash yo'nalishlari” hamda Xalq ta' limi vazirining "Xalq ta' limi tizimida qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to'g'risida” 2020-yil 17-avgustdagi 188-sonli buyrug'i ilovasi bilan tasdiqlangan pedagogik qayta tayyorlash kurslarinig tayanch o'quv rejasi va namunaviy o'quv dasturlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vaziming birinchi o'rinbosari U.Sharifxodjayev zimmasiga yuklatilsin.
2021 yil 28 iyun
198-sonli
24.01.2025 / 09:13.Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumta’lim maktabida "Siz ekologiyaga oid qonunlarini bilasizmi?" ko'rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
16.01.2025 / 03:06.Yunusobod tumanidagi 136-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o'z tarbiyachilari hamrohligida tuman prokuraturasida bo'lishdi
14.01.2025 / 03:18.Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumta'lim maktabida “Yangi O’zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi