Maktablar soni: 42
O`quvchilar soni: 60788
O`qituvchilar soni: 3068
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
29.08.2022 / 04:37.
Bosh hisobchi
Shop'latov Sobir Fayzullayevich
Telefon: 0 371 212-01-99
Faks: 0 371 212-01-99
E-mail: yunsobodtalim@gmail.com
Veb-sayt: www.yunusobodxtb.uz
1987 yil, Samarqand viloyati
Ma’lumoti oliy. 2011 y. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: iqtisodiyot
MEHNAT FAOLIYАTI
2011-2011 yy. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on harbiy qismida xizmat
2011-2013 yy. Navoiy viloyati informatika elektron kasb-hunar kolleji hisobchisi
2013-2014 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani 272-sonli umumta’lim maktabi bosh hisobchisi
2014-2017 yy. Yunusobod tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi bosh hisobchisi
2017 y.-x.v. Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi bosh hisobchisi
Lavozim vazifalari:
a) O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3231-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 17 dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 31 oktabrdagi “Tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 346-sonli buyrug‘i va u bilan tasdiqlangan “Tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati to‘g‘risida Nizom”ga amal qilgan holda ish yuritadi;
b) rejalashtirish, moliyalashtirish, mehnat va mehnatga haq to‘lash ishlarining uzilishlarsiz, bir maromda yuritilishini ta’minlaydi; buxgalteriya, statistika hisobi va hisobotining amaldagi qonunchilik va ichki me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan tartib qoidalar asosida yuritilishi, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari hisobining to‘g‘ri chiqarilishi, oylik, choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarning tegishli organlarga o‘z vaqtida to‘liq taqdim etilishini ta’minlaydi; pul mablag‘lari, moddiy boyliklar va asosiy vositalarning hisobi to‘g‘ri olib borilishini ta’minlaydi; davlat budjeti va nodavlat jamg‘armalari to‘lovlarini, davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini, ssuda bo‘yicha qarzlarni, oylik ish haqi va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni, shuningdek shartnoma asosidagi to‘lovlar, bojlar va boshqa yig‘imlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlaydi;
v) to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar tuzilishini tashkil etadi, buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarining qonuniyligini nazorat qiladi;
g) budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan maqsadlar doirasida to‘g‘ri va tejamli sarflanishini ta’minlaydi;
d) moliya organlariga oylik, choraklik, yillik tezkor hisobot va balanslarni tuzib topshiradi (№ 1-shakl, 2-shakl, 1-ox, 2-rj, debitor va kreditor qarzdorlik);
e) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 yanvardagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashni 2002-2003 yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 33-sonli qarori va tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga berilgan yetim bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga nafaqa to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1, 2, 3-ilovalariga muvofiq pul mablag‘larini berib borishni nazorat qiladi va kiyim-bosh bilan ta’minlaydi;
j) xodimlarning oylik maoshini hisoblash, ularni o‘z vaqtida berib borilishini ta’minlash, moddiy va pul mablag‘larini to‘g‘ri saqlanishi va sarflanishini ta’minlaydi;
z) buxgalteriyada sub schotlar bo‘yicha tahliliy hisob kitoblar yuritadi;
i) DSI va statistika hisobotlarini topshiradi;
k) tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo‘yicha tartiblashtirilib, memorial-orderlar jamg‘arma vedomostlar bilan rasmiylashtiradi;
l) jamg‘arib boriladigan pensiya badallari reyestrni tuzish, ularni Xalq banki bo‘limiga topshirish, o‘tkazilgan badallarni to‘g‘riligini tekshirish uchun taqqoslama dalolatnomalar tayyorlaydi;
m) tuman pensiya jamg‘armalariga nafaqa, suyunchi puli va kasallik varaqalari bo‘yicha to‘lanadigan pul mablag‘lariga talabnoma topshirish va ularni berib borilishini ta’minlaydi;
n) moliya-buxgalteriya xizmati faoliyatiga rahbarlik qiladi, buxgalteriya xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va taqsimlangan vazifalarning buxgalteriya xodimlari tomonidan bajarilishini ta’minlaydi, xodimlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha hisobchilarga ta’lim muassasalarini biriktiradi, vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tizimdagi tashkilotlar va ta’lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatishni tashkil etadi;
o) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq barcha qarorlari bo‘yicha joylardagi ta’lim xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, bu borada yuzaga keladigan tushunmovchiliklar va muammolarning o‘z vaqtida yechimini topishni ta’minlaydi;
p) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (Adliya vazirligida 2001 yil 5 aprelda 1023-son bilan ro‘yxatga olingan) asosan xalq ta’limi bo‘limi va ta’lim muassasalarining yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarini hisobdan chiqarish bo‘yicha tegishli hujjatlarni boshqarmaga taqdim etadi;
r) xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi tashkilotlarning chorak va yillik moliyaviy hisobotlari topshirish muddatlarini belgilaydi, moddiy boyliklar va pul mablag‘lari hisobini tashkil etish va ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini belgilaydi;
s) markazlashgan mablag‘lar, markazlashgan tadbirlar o‘tkazish bilan bog‘liq shaxsiy hisob varaqlar bo‘yicha sarf-xarajatlar smetasida ajratilgan mablag‘larning hisob-kitobini yuritadi;
t) xalq ta’limi bo‘limi va tasarrufidagi tashkilotlarning budjet loyihalarini, xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini ko‘rib chiqadi, bu masala bo‘yicha boshqa xodimlar bilan ishlarni tashkil etadi;
u) buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javob beradi va ularning belgilangan tartibda arxivga topshirilishini, muhr va shtamplarning belgilangan tartibda to‘g‘ri yuritilishi va saqlanishi ta’minlaydi;
f) ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovlarni davlat budjetiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazish bo‘yicha hisob-kitob ishlarini olib boradi;
ch) xalq ta’limi bo‘limi va tasarrufidagi muassasalarda har qanday buyurtmalarni joylashtirish va shartnomalarni tuzishda raqobat muhitining bo‘lishini ta’minlaydi, xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi, elektron raqamli imzolaridan foydalanish tartiblariga rioya qiladi;
s) xalq ta’limi bo‘limi va tasarrufidagi muassasalarda muddati o‘tkazib yuborilgan debitor va kreditor qarzdorlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
ch) xalq ta’limi bo‘limi va tasarrufidagi muassasalarda kommunal xizmatlar iste’moli hisobini o‘lchash asboblarni o‘rnatish va ularning ishlashi ustida nazorat o‘rnatishni tashkil qiladi;
sh) xalq ta’limi bo‘limi va tasarrufidagi muassasalarda belgilangan limitlardan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi, kommunal xizmatlar bo‘yicha o‘lchagich asboblar ko‘rsatkichlari asosida har oylik hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish va kommunal xizmat ta’minotchilari tomonidan taqdim etilgan hisob-fakturalarni hisobotlar asosida to‘g‘ri belgilanganligini nazorat qilish va to‘lash ishlarini tashkil etadi;
e) moliyaviy-iqtisodiy masalalarga doir qarorlar, buyruqlar va shu kabi boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
yu) sud va majburiy ijro byurosi hujjatlari ijrosini ta’minlaydi;
ya) Yuqori tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlar yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi;
o‘) Tayyorlagan va yuritayotgan hisob-kitoblari, qaydnomalari, ma’lumotlari va hisobotlarida qayd etgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga javobgardir;
q) Xalq ta’limi bo‘limi mudiriga bo‘ysunadi.
g‘) Amaldagi qonunchilikka asosan moddiy javobgar shaxsdir.
29.08.2022 / 04:35.
Bosh iqtisodchi
Jaxongirova Guzal Malikovna
Telefon: 0 371 212-01-99
Faks: 0 371 212-01-99
E-mail: yunsobodtalim@gmail.com
Veb-sayt: www.yunusobodxtb.uz
1962 yil, Toshkent shahri
Ma’lumoti oliy. 1984 y. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: iqtisodiyot
MEHNAT FAOLIYАTI
1984-1987 yy. Toshkent viloyati boshqarmasi iqtisodchisi
1987-1990 yy. Jizzax viloyati Forish tumani markaziy shifoxona iqtisodchisi
1990-1993 yy. Jizzax viloyati Forish tumani oziq-ovqat kombinati iqtisodchisi
2009-2011 yy. Yunusobod tumani 247-sonli umumta’lim maktabi bosh hisobchisi
2013-2015 yy. Yunusobod tumani 31-Mehribonlik uyi bosh hisobchisi
2015-2017 yy. Yunusobod tumani 97-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi bosh hisobchisi
2017 y.-h.v. Yunusobod tuman xalq ta’limi bo‘limi bosh iqtisodchisi
Lavozim vazifalari:
a) Xalq ta’limi bo‘limining moliyaviy tizimini rejalashtirish, joriy moliyaviy yil istiqboli, kelgusi moliyaviy yillar istiqboli va loyihasini belgilash ishlarini tashkil etadi, statistika va axborotlarni tahlil etadi;
b) Xalq ta’limi bo‘limi va tasarrufidagi muassasalar xodimlariga ish haqi to‘lov hujjatlari va xarajatlar smetasini tayyorlaydi va rahbariyatga takliflar kiritadi, tasdiqlangan va tegishli tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining to‘g‘riligi va asoslanganligiga javobgardir;
v) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qarori ijrosi bo‘yicha umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini to‘g‘ri shakllantirishiga javobgarlik;
g) yo‘nalishi bo‘yicha statistika idoralariga hisobotlarni topshiradi;
d) hay’at va ishlab chiqarish yig‘ilishlariga rejalashtirish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlaydi;
e) tuman xalq ta’limi bo‘limi va tasarrufidagi muassasalarning xarajatlar smetasining bajarilishi bo‘yicha hisobotlar tayyorlab, yuqori tashkilotlarga topshirilishini ta’minlaydi;
yo) o‘quv yilida 1-sinfga qabul rejasini umumlashtirib, yuqori tashkilotlarga taqdim etadi;
j) tarbiyalash (patronat) uchun berilayotgan bolalar bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi va tuman hokimining qarori uchun taqdim etadi hamda Moliya bo‘limida moliyaviy masalalarini hal qiladi;
z) moliyaviy mablag‘ ishlarini rejalashtiradi, smeta xarajatlari va shtat jadvallari ijrosi uchun javob beradi;
i) Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentabrdagi «Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish haqida»gi 414-sonli qarori ijrosini ta’minlaydi va rejani umumlashtiradi;
y) ta’lim muassasalaridagi bo‘sh joylarni (o‘quv jarayoniga xalaqit qilmaydigan) ijaraga berish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi va ushbu masala yuzasidan Xalq ta’limi bo‘limi mudiriga taklif beradi;
k) umumta’lim maktablari oshxonalari va boshqa binolarida faoliyat ko‘rsatayotgan ijarachilarning faoliyatini nazorat qiladi va amaliy yordam ko‘rsatadi;
l) xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarning bajarilishi monitoringini olib boradi;
m) o‘z ish faoliyatiga oid hujjatlarning saqlanishiga javob beradi va ularning belgilangan tartibda arxivga topshirilishini ta’minlaydi;
n) barcha ta’lim muassasalarida noqonuniy ravishda pul yig‘imi faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini olib boradi;
o) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining Xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq barcha qarorlari bo‘yicha joylardagi ta’lim xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, bu borada yuzaga keladigan tushunmovchiliklar va muammolarning o‘z vaqtida yechimini topishni ta’minlaydi;
p) Xalq ta’limi bo‘limi mudiriga bo‘ysunadi.
r) tayyorlagan va yuritayotgan hisob-kitoblari, qaydnomalari, ma’lumotlari va hisobotlarida qayd etgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga javobgardir.
29.08.2022 / 04:34.
Jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo'yicha mutaxassis
Nomzodlar o`rganilmoqda
Telefon: 0 371 212-01-99
Faks: 0 371 212-01-99
E-mail: yunsobodtalim@gmail.com
Veb-sayt: www.yunusobodxtb.uz
Lavozim vazifalari:
a) o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
b) Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qarori, 2009 yil 28 avgustdagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish to‘g‘risidagi” 11-10-sonli Tartibiga muvofiq tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb yuritiladi) va tasarrufidagi ta’lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, ijro intizomi monitoringini olib borish va ularning ijrosini ta’minlash;
v) Vazirlar Mahkamasining 11-10-sonli Tartibiga muvofiq Bo‘lim tasarrufidagi ta’lim muassasalarining 1-, 2-jadvallar bo‘yicha har oylik hisobotlarini umumlashtirish, tahlil qiladi va hududiy xalq ta’limi boshqarmasiga har oy yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etib borish;
g) ijro intizomining joriy (har kunlik), haftalik va har oylik tahlilini olib borish;
d) hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga qo‘yilishi, ularning bajarilishini kuzatib borishni, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini yakunlashni ta’minlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining ma’lumotlar bazasini yuritish;
e) bo‘lim rahbariyati va tarkibidagi bo‘linmalar tomonidan tasdiqlangan jadval asosida fuqarolar qabulini tashkil etish hamda og‘zaki murojaatlari bo‘yicha tegishli axborotlarni tayyorlash;
j) bo‘lim va tasarrufidagi ta’lim muassasalari faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishini, hisobga olinishini, saqlanishini, ishlanish sifatini va ushbu hujjatlarni o‘z vaqtida hududiy davlat arxiviga topshirishni ta’minlash;
z) tasarrufidagi ta’lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash holatini o‘rganish, ularning natijalari bo‘yicha hujjatlarni tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam ko‘rsatish;
i) yuqori tashkilotlar va idoralardan Bo‘limga kelib tushgan elektron murojaatlar va xat-hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qiladi, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi va nazorat varaqasini yuritish hamda Bo‘lim rahbariyati, uning tarkibiy bo‘linmalariga yetkazadi va hujjat ijrosi ta’minlangunga qadar nazoratini olib borish;
k) bo‘limga kelib tushgan xat, arizalar va elektron murojaatlar bo‘yicha chorak, yarim yillik, yillik tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
l) tarkibidagi bo‘linmalar tomonidan ijro etilgan yuqori tashkilot hujjatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilib, Bo‘lim mudiri ko‘rsatmasi bilan nazoratdan chiqarishni tashkil etish;
m) bo‘lim hujjatlari uchun mo‘ljallangan blankalar ro‘yxatini qat’iy nazorat bilan yuritib borish;
n) o‘ziga yuklatilgan boshqa vazifalarni Bo‘lim mudiri va o‘rinbosari ko‘rsatmasi asosida ijro etish.
o) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
29.08.2022 / 04:30.
Ona tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha metodist
Raximova Gulbaxor Toshpo‘latovna
Telefon: 0 371 212-01-99
Faks: 0 371 212-01-99
E-mail: yunsobodtalim@gmail.com
Veb-sayt: www.yunusobodxtb.uz
1977 yil, Samarqand viloyati
Ma’lumoti oliy. 1999 y. Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: o‘zbek tili va adabiyoti
Ma’lumoti oliy. 1999 y. Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: o‘zbek tili va adabiyoti
MEHNAT FAOLIYАTI
1998-2020 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta’lim maktab o‘qituvchisi
2020 y.-h.v. Toshkent shahar, Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi o‘zbek tili fani metodisti
2020 y.-h.v. Toshkent shahar, Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi o‘zbek tili fani metodisti
Lavozim vazifalari:
a) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) har bir o‘quv fanlarining o‘qitilishi bo‘yicha metod birlashmalar va metodik kengashlar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni ta’minlash;
b) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) har bir o‘quv fanlaridan o‘quvchilar bilimining davlat ta’lim standartlariga mosligi monitoringi natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini tashkil etish;
v) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy attestatsiya natijalarini o‘rganib tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash va uni ta’lim muassasalariga yetkazish;
g) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) o‘qituvchilarni o‘quv tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
d) o‘z metodistlik yo‘nalishi (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) metodik ishlarni muvofiqlashtirish, turli sinovlar natijalarini tahlil qilish, yangi o‘quv metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlash, yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazish;
e) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta’minlanishida yordam berish, ulardan foydalanishni tashkil etish;j) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga va sifatini oshirishga oid turli anjuman, ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quvlar ko‘rik-tanlovlar (eng yaxshi dars ishlanmasi, eng yaxshi fan xonasi va boshqalar), avgust kengashlari, ilmiy-amaliy yig‘ilishlarni tashkillashtirish va o‘tkazilishini ta’minlash;
z) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) maktab va tuman (shahar) miqyosidagi bellashuvlarni o‘tkazish, uning natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
i) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari tajriba-sinovi ishlari bo‘yicha tajriba maydonlari faoliyatiga metodik yordam ko‘rsatish;
k) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) yosh mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish; l) maktab o‘qituvchilari darslarini tahlil qilish va ularga metodik yordam ko‘rsatish;
m) tuman tayanch ta’lim muassasalari negizida metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) fanning o‘qitilish sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga oid seminar va konferensiyalar o‘tkazish, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
n) o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fanlar bo‘yicha) o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish va ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini ta’minlash;
o) ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim berish sifatini oshirishni muvofiqlashtirib borish;
p) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim mudiri
Qirg`izboyev Suxrobbek Mukimjanovich
Telefon:0 371 212-01-98
E-mail: yunusobodtxtb212@gmail.com
04.11.2024 / 09:24.Rossiyalik delеgatsiya vakillari Toshkent shahridagi 5-maktabda boʻldi
25.10.2024 / 10:16.239-sonli umumta'lim maktabi pedagoglar jamoasi va o'quvchilari ham “Milliy liboslar kuni” tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda
19.10.2024 / 02:05.Yunusobod tumani 259-sonli umumta'lim maktabi to'liq mukammal ta'mirlanib, tantanali foydalanishga topshirildi