Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Toshkent tajribasi" asosida "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi boʻlib oʻtmoqda

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Toshkent tajribasi" asosida "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi boʻlib oʻtmoqda.
➖ Bugun poytaxt oʻquvchilaridan bir guruhi mazkur test sinovlariga jalb etildi hamda xorijiy til boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.
➖ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri Eʻzoza Karimova mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishdi va xorijlik ustozlar bilan ham muloqot qildi.
Shu bilan birga oʻquvchilar bilan xorijiy tillarni oʻrganish va uning kelajakdagi oʻrni va ahamiyati xususida suhbatlashib, yoshlarning fikr-mulohazalariga quloq tutdi.
➖ Masʼullar bilan muloqot davomida "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi doirasidagi rejalar hamda kutilayotgan natijalar haqida fikr almashdi.
Maʻlumot uchun: test sinovlari yakuniga koʻra, oʻquvchilar guruhlarga ajratilib, keyingi chorakdan boshlab intensiv darslarga start berilishi rejalashtirilgan.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















