"Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi doirasida oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda


Xabaringiz bor, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi boʻlib oʻtmoqda.
"Toshkent tajribasi" asosida yoʻlga qoʻyilgan mazkur loyiha doirasida bugun poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktab direktor oʻrinbosarlari uchun oʻquv-seminarlari tashkil etildi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, vazirlik hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari ishtirok etdi.
Tadbirdan asosiy maqsad, maktablarda xorijiy tillar fanini oʻqitish samaradorligini oshirish, xorijiy mutaxassislar hamda mahalliy pedagoglar bilan ishlashda zarur boʻladigan koʻnikmalar atroflicha muhokama qilindi.
➖ Shuningdek, chet tillarini oʻqitish darajasini oshirish maqsadida dars taqsimotini qayta koʻrib chiqish, dars jadvallariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha maktab masʼullariga zarur tushuntirishlar berildi.
 Mazkur oʻquv seminar tadbirlari ertaga ham davom etadi. Unda chet tili oʻqituvchilari hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida xorijiy tillarni oʻqitishga qaratilgan qator mavzularda muloqotlar tashkil etiladi.